Ishq kuylari

Ko’ndim

Odam asta har narsaga ko’nikarkan
Yo’l toparkan kaltaksiz ham zim-ziyoda
Ko’ngil qorga ko’milganda – chiniqarkan
Keyin taftsiz yashar ekan bu dunyoda

Ko’nib qoldim – yo’lsizlikka ko’nib qoldim
O’t qolmadi dilda hatto miltiroqday
Qorlarini eritolmay so’nib qoldim
Ko’ngil nurli, ammo taftsiz – qo’lchiroqday

Xotiralar o’rnin bosdi xotirchalar
Yurak bebosh shamollardan izlar to’zim
Ko’p uchradi vaqtincha-yu hozirchalar -
Doimiysi uzoqlarda izlar o’zin…

Bashorat

Bir kun kelib qandillaring yoshdan bo’lar
Dona shamda baxt qasringni yoritgaysan
Ertak tugab, yana qissa boshdan bo’lar
Borib-borib kulguyingni qaritgaysan

Sen o’zingni tuymaganga solavergin
Vaslin qumsab, tan olmagan insoningman
Sen yo’lingda to’xtab-to’xtab boravergin -
Men oxirgi bekatdagi imoningman…

Погребение Любви

Ты прости, душа, прости -
Она чужда и не тебе
Её любовью обрести
И сделать спутником себе.

Умри, надежда, умирай -
Оставь ты правду – дай мне ложь,
И все мечтанья забирай
И поклянись, что не придёшь.

Живи, любовь, не увядай -
Я без тебя не в силах жить,
Ты только разуму не дай
Себя любовности лишить.

Лишай ты, разум, от всего -
Ни капля против не пойдёт,
Ищи ты бога своего -
А вдруг он сам тебя найдёт…

Mushtoqlik

Yuragimning darvozasin ochib qo’yib
Men kimningdir yo’llariga intizorman
O’ng yelkamga ehtiromdan sochiq qo’yib
Suv quygani qo’llariga intizorman

Intizorman mehrigayu ozoriga
Qaddim tengi bo’ylariga intizorman
Dilim mushtoq ko’ngil harid bozoriga
Menda turmas o’ylariga intizorman

Yo’l chetida meni ko’rib kulib qo’ygan
O’tkinchi yel salomiga ko’ksimda qo’l
Umid asli yolg’onligin bilib qo’ygan
Yuragimga achinadi poyonsiz yo’l

Kimdirgadir deb atalgan mehr shulam
Hech ichimni yoritmaydi, ilitmaydi
“Kimdir kelar” deb boshlangan mung ashulam
Poyoniga hech yetmaydi, hech bitmaydi

Kelavergin – seni kutib alamzada
Ko’z yoshlarim izi qolgan sochiq qolar
Ruhim nimjon bir sharpaga aylansa-da
Yuragimning darvozasi ochiq qolar

Новое письмо Татьяны к Онегиину

Я к вам пишу – чего же боле,
Что я могу ещё сказать?
Какое имя дать мне боли,
Что рвётся так меня терзать?
Надежда гложет душу светом -
Что если есть ничтожный шанс?
И Бог внушит желанье в вас
Гореть желаемым ответом?
Ведь был Создатель так любезен,
Мне жизнь украсить вашей дружбой,
Ведь видел он, как мой рай беден -
Как он сереет смертной службой.
Он видел, как я распадаюсь,
Как не живу, а жить стараюсь,
И душу летнего огня
Отправил он спасти меня…

И ты пришёл, и ты явился,
В пределах мира моего,
Мой ум немел, мой взор дивился,
От силы духа твоего.
Ты был так мил, как отблеск солнца,
Разнёсший сумрак дней моих -
Как говор важности затих,
И слышу сладость песни сердца.
О, как слова твои лечили
Ожоги низких предрассудков,
Твой смех велел, глаза – учили
Истоки жизненных поступков.
И ветер счастья дул сильней
От вместе пройденных сеней,
И от порога до порога
Ясней казалась близость Бога…

Но как мне быть – я всё впадаю
В омут любви к тебе сердечной,
То греюсь счастьем, то – страдаю
От злой бесцельности беспечной.
И как мне быть – к чему стремиться?
На что мне наложить запреты?
И где ж искать, кто даст ответы -
А не подскажет, как смириться?
Когда б ты знал, какая мука
Желать – желанного бояться,
Как больно умирать без звука -
Не знать тех слов, как покаяться.
Я не в плену – но и свобода
Меня лишь манит с небосвода,
Я не живу – но смерть вражду
Ведёт на мёртвую нужду…

Письмо в пути – а мир трепещет
Волненьем сердца моего,
Надежда лжёт – сомненье хлещет…
Я жду ответа твоего…

U qanaqa bo’ladi?

Sevgi izhor eshitmoqlik qanday bo’lar?
Nimalarni his qiladi bunda yurak?
Ortda qolib ketsa kerak bor obro’lar -
Eng tengi yo’q ehtirom shu bo’lsa kerak?

Ketmasmikin sururdan xush meni tashlab?
Yo Xudoga shukr aytib yig’laymanmi?
Yo o’zgacha yashaymanmi shundan boshlab?
Bu so’zlarning ma’nosini ilg’aymanmi?

Mehr izhor qilish shuncha qo’rqinchlimi?
Qilganda ko’p qiyinmi yo qilmaganda?
Savollarim kulgilimi, o’tinchlimi?
Menga hech kim sevgi izhor qilmagan-da…

Воздушный Мир

Ты слышишь – море шепчет сказку,
Лаская берег чистотой?
Ты видишь – небо гложет краску,
Отметив звёзды пустотой?

Горит луна белесой лужой,
И кровь играет на виске -
Собой прикрыв меня от стужи,
Сидишь ты рядом на песке.

Как нотный стан текут минуты,
Мир рядом – мысли далеко,
Рука в руке – глаза сомкнуты,
И на душе легко-легко.

Моя реальность так воздушна,
Что дышишь ей – но не возмёшь,
Не будь ты мнимо равнодушна -
И ты её легко поймёшь…

Kimdir

Borman degin – yo’qligingga kim ko’nmandi?
Orman degin – g’ururingni kim ko’mmadi?

Malakman de – senga qanot bergan kimdir?
Halakman de – dilga sabot bergan kimdir?

Dunyoman de – bu dunyoni ko’rsatgan kim?
Ziyoman de – ziyolikni o’rgatgan kim?

Donoman de – nodonlikdan qayirgan kim?
Tanhoman de – nisbatlardan ayirgan kim?

Kerakman de – kerakliging kim o’yladi?
Yurakman de – zarblaringni kim poyladi?

Oftobman de – nurlaringga rang bergan kim?
Kitobman de – xoshiyangdan chang tergan kim?

Odamman de – insonliging tan oldi kim?
Bekamman de – nuqsonliging kam oldi kim?

Kulgiman de – yoshlaringni elagan kim?
Sevgiman de – senga ishqni tilagan kim?

Menman degin – senligingdan yo’lim topay
Sensan degin – kengligingdan o’lim topay…

Послание дождю

Неба стражи – облака,
Не слезитесь вы пока,
Дождик ты найди её -
Друга сердца моего,
Душу ты ей всю омой,
Воцари там мир-покой,
Унеси всю боль к глазам,
Передай её слезам,
По её щекам пройди,
Губы мягко обойди,
И скатись с лица в ладонь,
Погаси тоску огонь,
Пусть легко она вздохнёт
И своим путём пойдёт…

Birtanlik

Kaftlaringni yuzlarimga bosib sevgin
Sochlarimga changal solgin yonganingdan
Shivirimga jon qulog’ing osib sevgin
Quchog’imda tonib qolgin tonganingdan

Mehr bersam ohlaringdan qulab yulduz
Peshonangdan bol tomchisi bo’lib tushsin
Jon-joningga ishq olovi qalab ildiz
Yuragingga baxt sovchisi bo’lib uchsin

Ehtirosning to’lqinida yiqilmay deb
Sochlaringdan tutgan mushtim yechib qo’ygin
Men uxlayin tushlarimdan qutulmay deb
Sen jilmaygan tushlarimni quchib qo’ygin

Telba bo’l

Sen telba bo’l – telbalikda gap ko’p ekan
Idroklilik zulmin ortiq qilma toqat
Ko’ngil – sevgi o’ynab yurgan bir to’p ekan
Savatiga tushirishni bilmas faqat

Dunyo – bu qalb, axir qalbing bitta kammi?
Ko’ngling xursand – dunyo qushday uchdi demak
Qalbing mening yonginamda xotirjammi –
Dil koptogi savatiga tushdi demak

Dil koptogim savatini o’zgartirma
O’zga qalbda sen ham hokim bo’lolmading
O’zga dildan xotirjamlik ahtartirma
O’zga dilda sen ham sokin bo’lolmading

Ishonmayman dema quruq va’dalarga
Izhorlarim ho’llab yoshim qurib bitgan
Men yo’qroqman arazlaru zardalarga –
Tasdiqlatib sevish asri o’tib ketgan…

Sevishing yashirma

Sevgilim, baxtimdan baxtni olib ket,
Bahorni olib ket guldor zamindan,
Nurga zor diydamdan quyoshni berkit,
Lek aslo yashirma sevgingni mendan.

Sevging sadoqatli sukunatga qul,
Nahotki, umiding burchingga qurbon?
Qalbingda boshlari ko’kka teggan gul -
Bir boqqin – gulbarglar hasratdan alvon!

Goh shirin so’zingdan yashnaydi dunyo,
Goh dona lutfingni qolarman poylab -
Sen mendan mehringni ayaydirsan yo
Halaksan, mehringdan meni avaylab.

Mehringga urilib sinsa qanotim,
Armon qushim yerga qulamog’i bor,
Mayli, boshlanmasin sen-la hayotim -
Sendan ayri umrim tugamog’i bor

*   *   *

Bezovta uyquda ro’yo ko’ribman:
Kurrai zaminni chulg’amish zulm,
Bir shula ahtarib sarson yuribman -
Tikonlar oralab yotardi yo’lim.

Nogahon qarshimda ko’rindi darvish,
Undan-da so’radim: “Bu qanday balo?”
Dedi: “Farishtalar yerni tark etmish,
Borki go’zallikdan ayrildi dunyo.

Mudroq ko’zlarimdan yosh qalqdi pitrab,
Hayotdan kechishga ko’ndi yuragim!
Sovuq terga botdim, uyg’ondim titrab…
Sen hamon yerdami, mening malagim?..

Sevishing ayt

Menga sevishing ayt – yig’lasin Humo,
Baxtdan qushdek uchgan yuragim ko’rib,
Menga sevishing ayt – yig’lasin samo,
Yerda bajo bo’lgan tilagim ko’rib.

Menga sevishing ayt – toki tongotar
Har kunim boshlansin isming takrorlab,
Ayriliq o’lim-la kelsin barobar,
Sensizlik yurakni tilsin ozorlab.

Menga sevishing ayt – oshiq yulduzlar
Senga boqsa, rashkdan yuragim yonsin,
Ro’yobga aylansin barcha afsuslar,
Dard baxtning so’ziga so’zsiz ishonsin.

Menga sevishing ayt – toki poyingda
Yig’layin, gunohga qilay tavbalar,
Yiroqda o’zimni sezay yoningda,
Yoningda sururdan bo’lay telbalar.

Menga sevishing ayt – ko’zim o’nggida
Rangorang gullarga belansiz zamin,
Menga sevishing ayt – umrim so’nggida
Yashash – baxtligiga bo’layin amin…

Тобою болен

Кого пленила жизни красота
Кто думаю наполнен неземной
Кому милы покой и простота –
А я тобою болен, лишь тобой

Кому словами кавурзы плести
А кто бросает старое долой
Кому разлуку гордую снести –
А я тобою болен, лишь тобой

Как мотылька ласкает лик свечи
Как небо ночи нежится луной
Болей со мной, а сможешь – излечи
Что я тобою болен, лишь тобой

Sim qoqib o’qilgan she’r

Har qachon yuragim so’roqqa tutsa
Dunyoda u faqat sizni biladi
Bir ko’rgancha bo’lmas ming bor eshitsam
Sevganim, men sizni ko’rgim keladi

So’zingiz tinglashni baxt deb qo’ymagan
Yurakka ko’zlarim havas qiladi
Ko’zlarim shuncha payt boqib to’ymagan
O’shal ko’zlaringiz ko’rgim keladi

Hayriyat, qilchadek sovuq tolalar
Otash so’zlarimni elta oladi
Lek bir bor so’z qotib dilga o’t solar
O’shal dudoqlarni ko’rgim keladi

Tushlarim hech sizdan ketolmas nari
Nahot ishqda faqat hijron bo’ladi
Sevgi shirin azob bergani sari
Yanada kuchliroq sevgim keladi

Sizni hayotimda borim deganman
Buni faqat men va Olloh biladi
Har bir nafasimni olar ekanman
Sevganim, sizni bir ko’rgim keladi

Judolikdan tonaveraman

Zorlasa ham meni bu falak
Judolikdan tonaveraman
Muzlab qolsin darddan bu yurak
Men sizni deb yonaveraman

Yurak sizsiz behol ursa ham
Visol mendan yuz o’girsa ham
Dilga hijron nishin ursa ham
Men sizni deb yonaveraman

So’zlarimni sochsam shamolga
Uvollari tutsin savolga
Ishq solmasin meni ne holga
Men sizni deb yonaveraman

Yoningizdan haydasangiz-da
Joningizdan haydasangiz-da
“Sevmasman” deb aldasangiz-da
Men sizni deb yonaveraman

Xo’rlasa ham meni bu falak
Ayriliqdan tonaveraman
Olov ichra yuragim halak
Men sizni deb yonaveraman

*   *   *

Nurlaringni soch, quyosh, yog’duga to’l, osmon, bugun
O’n sakkiz ko’klamga peshvoz ul mohi tobon bugun

Ahli oila, ahli yoron, ahli olam shod o’ling
Ul balog’at manziliga yo’l olar sarbon bugun

Zahmatidin dilda otash, o’t o’n sakkiz ming fano
Arzigay har bir yoshiga bo’lsa jon qurbon bugun

Orazin yopmas, ko’zimdin sochmas ul har lahza yosh
Lek aning diydoriga to’ymoqligim armon bugun

Ko’rgani bo’lsin farog’at, olgani bo’lsin duo
Pok niyatlar izhor etsam mushkulim oson bugun

Azbaro dil hotamidin ko’p sahovat aylabon
Ul parivash manga qilmish ko’p bisyor ehson bugun

Tole’iga ko’p shukurkim madhiga Dilpora shay
Bayti madhida buzilmas mezon ul avzon bugun

*   *   *

Bag’ritoshning dardga bergan niyoziman, do’stlarim
Kuylarim yetmas diliga – dil soziman, do’stlarim

Sof tuyg’uni bilib o’yin etmish meni bemakon
Manzil bilmay uchar qushning parvoziman, do’stlarim

Suyganim bul shum o’yinga bosh qo’shishmi istamas
Ham da’vogar, ham javobgar, ham qoziman, do’stlarim

Unga har gal bu jonimni ming bor boy bermoq uchun
Shum o’yinni ming o’ynarga ming roziman, do’stlarim

Shum o’yindan dilim vayron, ikki o’t o’rtar meni
Goh qishiman ko’ngil bog’in, goh yoziman do’stlarim

Nochorlikdan sukutlarga ko’p mahkum Dilporaman
Shul baytlarda dil nolasin ovoziman, do’stlarim

Shoircha

“Shoir bo’ling!” – dersiz siz kulib
Aslida bu fikr ham yomonmas
Lek tangri so’z beradi bilib
Har qalbda ham shoir uyg’onmas

Mening chala shoirligim bor
(Bir yomon bo’lar har yaxshida)
Qani menda bo’lsa iqtidor
Sizga qilar edim baxshida

She’rlar bitishimga begumon
Iste’dodmas – o’zga bor sabab
Ul neligin anglamoq oson
Sizga boqqan ko’zimga qarab

Qalbi sevgiga bo’lsa tutash
Shoirmas ham she’rlar yozmasmi?
Yuragimga solib o’t-otash
Meni shoir qilgan sizmasmi?

Shoircha-2

Alisherman nolasiga yalinmagan
Dilkashini topmaslikda Boburchaman
Mashrabdirman sevgisi tan olinmagan
Ishqi tansiz qolib ketgan shoirchaman

Sotilmagan bo’yniga zar ilgan bilan
Aqli unmas shuncha hato qilgan bilan
Natijalar natijasin bilgan bilan
Sababiga qiziqmagan shoirchaman

Ko’ngilsizdan sira ko’ngil uzolmasa
Hayotiga dars jadvalin tuzolmasa
She’r yozgisi kelsayu, hech yozolmasa
Alamidan yig’lab yurgan shoirchaman

Sevish va Sevilish

Gohida yuraging sevinchga makon
Gohida boshingga yog’ar malomat
Sevgi ham bir sinov, yana bir imkon
Sevish ham g’animat, sevilish – omad

Sevgan yuraklarda mehr barkamol
Sevgi qudratiga bo’ysunadi vaqt
Sevgi – ikki yoqdan esguvchi shamol
Sevish bu nadomat, sevilish – bu baxt

Sevmoq – bu osmonga uchmoq demakdir
Har gal qayta yerga qulamoq uchun
Sevgi – bu urishdan tongan yurakdir
Sevish bu afyundir, sevilish – afsun

Sevgi ajib dardki, tilab olingay
Unga davo izlash – besamar tashvish
Har qachon sevgini yuksak baxt bilay –
Sevish ham sevilish, sevilib sevish!

Sevish baxti

Men sevib to’ymayman – ishqqa tashna dil
Dunyo quvonchini sig’dirmoqqa shay
O’zimni shu kuchga ishondim dadil
Unga bir zarracha qarshilik qilmay

“Sevaman” degan so’z naqadar totli
Sizni tinglash o’zi totli naqadar
Go’yo oqqushdayman yengil qanotli
O’zni yelga berib uchgan darvadar

Sevish – yuksalishmi yoki bedodlik
Muhabbat yaxshimi yoki ko’p yomon
Sevgimmi men uchun alamli shodlik
Yo baxtli armonmi – anglashim gumon

Ko’zingizda ko’rsam mehringiz nurin
Menga madad kelsa olis falakdan
Mendek bir g’arib ham toparman o’rin
Orzularga to’la o’shal yurakdan

Bilasizmi ishqda qanday chiroy bor?
Sizni siylaganmi sirli sevinchi?
Menda-ku hali ko’p sevgiga joy bor –
O’zgasi menchalik seva bilsin-chi!

Tush

Quyoshli kun edi, daraxtlar qator
Atrof sukunatin qo’riqlar edi
Toshyo’lak chetida tosh romli gulzor
Unda rangin gullar yaraqlar edi

Ikkimiz kezardik soya bag’rida
Dunyoni biz tanho kezardik go’yo
Suhbat qurar edik nelar to’g’rida –
Batafsil xotirlay olmasman aslo

Birdan ko’zlarimga tikildingiz siz
Birdan yana nigoh yerga qadaldi
Tilingizdan uchdi “sevdim” degan so’z
Bildimki, bu tuhfa menga ataldi

Alvonga talpindi yuzlarim rangi
Quvonchdan sakradim – samoga yetdim
Olamga jar soldim, baxtim jarangi
G’oyat baland edi – uyg’onib ketdim…

Tush-2

Quyoshli kun bo’lar. Viqorli tog’lar
Bag’rini ochadi sevinchimizga
Batamom eriydi eski firog’lar
Mehrlar qaytadi o’tinchimizga

Ikkimiz boramiz qo’lga qo’l berib
Dunyoda biz tanho bo’lamiz shu dam
Kulamiz shu oniy baxtga yo’l berib
Bu onlar yodimda qoladi mahkam

Birdan ko’zlarimga tikilib o’zing
Birdan nigohingni olib qochasan
Tilingdan uchadi “sevaman” so’zing
Sochingni shamolga solib qochasan

Alvonga belanar yuzlarim rangi
O’zimga kelolmay turaman bir zum
“Yugur” deb qichqirgan tole’ jarangi
Qordagi izingga qo’shadi izim…

*   *   *

Saodat so’qmog’in izlayin uzoq
Sen baxting yo’lidan toymasang bo’ldi
Menga ko’p ko’rindi sevgidan qiynoq
Sen ishqning sururin qo’ymasang bo’ldi

Ko’zingga boqqanda ko’zlarim kulsa
Yurak diydoringdan sevinib ursa
Sevinching chehramdan akslanib tursa
Meni baxtli deya o’ylasang bo’ldi

Sarhadlardan qo’rqib yashasam nima
Faqat g’amdan luqma oshasam nima
Dunyoga dardimni to’shasam nima
Sen faqat quvonchdan so’ylasang bo’ldi

Bahorim ortidan ergashganda kuz
Kuzning so’zlariga berkinsa afsus
Sevgim yuragimga qilsa tajovvuz
Sen meni “do’stlik” deb siylasang bo’ldi

Bulutlar ortiga berkinsa oftob
Bugun salqin deya o’ylasang bo’ldi
Yuzimga do’stlikdan ilingan niqob
Ashaddiy yurakni ko’rmasang bo’ldi

Koshki qaytsang

Araz saqlar nursiz so’ngan zuhrolarim
Sado qaytmas aytgan hasrat-qayg’uyimga
Mendan hafa sensiz qolgan ro’yolarim –
Koshki, qaytsang bo’shab qolgan orzuyimga

Jonimga jon bergan havo senmasmiding?
Tillarimdan tushmas duo senmasmiding?
Bir kun kelib bo’lsam ado yonmasmiding?
Koshki, qaytsang bo’shab qolgan orzuyimga

Quyosh botib, qayta chiqmay qo’ydi deyman
Tongda gulbarg shabnam yig’may qo’ydi deyman
Dilda armon diydoringga to’ydi deyman
Koshki, qaytsang bo’shab qolgan orzuyimga

Nishlarini jon-jonimga solar afsus
Sen ketding-u menga hamroh qolar afsus
Borki porloq orzulardan o’girding yuz
Koshki, qaytsang bo’shab qolgan orzuyimga

Shamol kechdi uvol qilgan so’zlarimdan
Nurlar qochdi zavol bilgan ko’zlarimdan
Hayollarim qanday kechsin yuzlaringdan
Koshki, qaytsang bo’shab qolgan orzuyimga

Koshki, jonim, ko’z yoshlarim tiyib tursang
Samimiyat berib tursang kulguyimga
Hayolimda meni dildan suyib tursang
Koshki, qaytsang bo’shab qolgan orzuyimga

Qo’yib ber, yig’layin..

Dunyodan kechganman – sen ham mendan kech
Yuragim adog’in ko’zlama, jonim
Quyoshim vasliga yetolmadim hech –
Qo’yib ber – yig’lasin bugun osmonim

Men senda yorimni ko’rib adashdim
Men senga jonimni qildim omonat
Men senga borimni berib adashdim –
Qo’yib ber – kuylasin bugun nadomat

Endi ayriliqdan tonganim bekor
Alamli so’nggiga yetdi ertagim
Seni deb bir umr yonganim bekor –
Qo’yib ber – muzlasin bugun yuragim

Men ojiz – yuraging o’zgaga tortar
Ichimda tosh bo’lib qotdi rashklarim
Ertaga ko’zlarim o’zga yor artar –
Qo’yib ber – tinmasin bugun ashklarim

Diydorning kasriga g’urur qoldimi
Qasos olmoqlikka hozir yolg’izlik
Vaslingga yetishmoq armon bo’ldimi –
Qoyib ber – yayrasin bugun sensizlik

Baxt deb bilgan yoring qo’llaridan tut
Mening qo’lim tutgan sodiq alamim
Har qanday so’zinga dil saqlar sukut –
Qo’yib ber – so’ylasin bugun qalamim

*   *   *

Qo’lingni ber – orzuyingga yetaklayman
Ko’nglimdagi to’qligimga sho’xligimsan
Seni yaxshi ko’rganimdan ermaklayman –
Ermagimda sen yana ham ko’hlikdirsan

Qo’limdan tut – boshla meni orzu sari
Sendan hurkib dil qanotin yozmasidan
Men senga harj etadigan ko’ngil zari
Saodatning tillakoni g’aznasidan…

Gado

Gavjum ko’chalarning biridan
Bir gado – nochor ko’zlari ko’r –
Odamlarning uri-suridan
Yo’lin topib borardi bazo’r

Nursiz ko’zlarida yo’q mador
Oq sochlari to’zib borardi
Qilcha achinishdan umidvor
Qo’llarini cho’zib borardi

Hali umid uzmagan jondan
Yolvorib borardi bechora
Diydasi qotgan olomondan
Tilanib bo’lardi ovora

Bir notovon chiqib yo’liga
Kulmoq bo’lib so’qir ustidan
Berib qo’ydi gado qo’liga
Bir tosh olib oyoq ostidan…

Men ham yaqin kelguncha o’lim
Sizdan yupungan bechoraman
Mehr so’rab uzatsam qo’lim
Tosh bersnagiz qayga boraman

Qayg’urma

Sen qayg’urma – shoirchada ishq o’tkinchi
Borligini tutqazmaydi xumoriga
Bugunchalik vasling bo’lsa bor o’tinchi
Erta o’zga ismin yozar tumoriga

Sen qayg’urma – nido kelsa osmonlardan
Bag’ring o’yma, u nidoda bo’lsa qayg’u
Sendan avval bag’rim o’ygan jononlardan
Ozor chekib urgan foniy fig’onim u

Sen qayg’urma – senga ko’p bor aytsam vido
Dol soyasin payqamasang tik qaddimda
Ichdan egri yaratgandir meni Xudo
To’g’ri bo’lsam senga arzib qolardim-da

Sen qayg’urma – mening baxtim bo’lmas uvol
Yangi armon topa bilar ko’nikkan dil
Bir kun kelib seni sevish kelsa malol
Baxt qasringga ko’z yoshlardan osma qandil

Sen qayg’urma – sen uchunmas dard sevinchi
Yolg’iz o’zim anduhlarga bo’lay soqiy
Ishq o’tkinchi, shoirchada ishq o’tkinchi
Faqat yo’qlik sari boqqan umid boqiy

Shunchaki

Yuraging bo’lmasa buncha gumonchi?
Axir, yolg’iz darddan yaralmas olam
G’uncha gulbargida titragan tomchi
U also ko’z yoshmas – shunchaki, shabnam

Eshitmoq bo’lganga aytarkan hasrat
Kim baxtin, kim dilda ahdini ko’zlar
“Hasrat”ga qofiya bo’lgan “harorat”
Tuyg’ular aksimas – shunchaki, so’zlar

Sen dilda samimiy bahorni asra
Beg’amlik tashvishin menga qo’yib ber
O’tdek sochildimi qog’ozga misra
Barchasi bekor gap – shunchaki, bir she’r

Hayolim ovutgan dunyo rangorang
Atvorim qoldirmas yurakda bo’shliq
Qulog’ingga unsiz chalingan ohang
Qalbim nolasimas – shunchaki, qo’shiq

Nur og’riq keltirsa qarog’larimga
Zulmatni ularga aylagum davo
Beparvo bo’lganing so’roqlarimga
Hissizlik gardimas – shunchaki, vafo

So’zsizman – qandayin aytay shukrona
Tilsizman Xudodan so’rashga to’zim
Alamin qog’ozdan olgan devona –
Shunchaki, sensizlik – shunchaki, o’zim

*   *   *

Quyoshga talpingan kungaboqarning
Sevaman degani kuzgachamidi?
Chiroyli bo’lsa ham so’zi otarning
Otarchi aytgan ishq o’zgachamidi?

Nursiz o’ynasa ham kulgu qarog’da
Yurak dardlarini yutar uvillab
Sevmoq burchimizga aylangan chog’da
Qalbimiz tamoman qolar huvillab

Sevgida maqsadni hamroh qilmoqdan
Tubanroq, mudhishroq qanday ofat bor
Sababmas – maqsadlar baxtli bo’lmoqdan
Bizni ayirguvchi… Bunda manfaat bor

*   *   *

Ko’z yoshlaring anduhga sarf qilma, gulim
Toki ular quvonchingni hurkitmasin
Bu dunyoda o’zing yolg’iz bilma, gulim
Zinhor armon yuragingni o’ksitmasin

Senga kelgan kulfatlarni poylab turay
Har birini yel sochiga boylab turay
Saodating asrab yillab-oylab turay
Biroq armon yuragingni o’ksitmasin

Kunduz senga soya bergan bulut bo’lsam
Yig’la – yomg’ir, kulsang agar xushnud bo’lsam
Mayli, bir kun yuragingdan unut bo’lsam
Faqat armon yuragingni o’ksitmasin

Sen bir kulgin – toki dard ham kulib qo’ysin
Shodasini kulgichingga ilib qo’ysin
U senga bas kelolmasin bilib qo’ysin
Lekin armon yuragingni o’ksitmasin