Falsafiy

Uyg’onish

Hayotning niqobdor tomoshasida
Haqiqiy yuzini yo’qotar banda
Xudodan o’tadi harhashasida
Unutib bir qilcha jonligin tanda

Kaltabin rolida o’ynar to’rani
Oqilga tengini chiqarib olib
Qo’rqmay ajratadi oqu qorani
Qozicha yengini shimarib olib

Dahriy shubhalarga haddimiz sig’ib
Xudo borligiga izlaymiz isbot
Imondan rizqimiz ilondek bo’g'ib
Aql rost-yolg’onga ahtarar nisbat

Gumondor ixlos-la Xudoga zormiz
Axir, ishonch-shubha – egiz sezgilar
Esiz, mavhum baxtdan ko’p umidvormiz
Umidlar ko’ngilning xohshin ezg’ilar

Og’zimiz to’ldirib “hayot” atagan
G’aflatdan uyg’otib o’lim kelajak
Jannatga yetaklar ruhni Yaratgan -
Ikkisi u yerda mangu qolajak…

Пробуждение

Как часто в маскараде жизни
Теряем мы своё лицо
Как часто мы как Бог капризны
Забыв, что мы есть лишь ничто

Играем слепо роли умных
Не видя глупость сих забав
И смело метим светлых, тёмных -
По-судьи засучив рукав

Как страшно мы не веря смеем
Искать знаменья, что Бог здесь
Не чуем, как злословным змеем
Наш ум диктует ложь и честь

Сомнительно мы в Бога верим
Сомненье-вера – двойники
Увы, незнаньем счастье мерим
Своим желаньям вопреки

Придёт же смерть – и нас разбудит
От сна, что жизнью мы зовём
Господь с душою в рай пребудут -
И там останутся вдвоём…

Imon

Sen aytgan soniya dunyoga keldim -
Ato etmog’ingga ishondim, Olloh,
Hayotim bag’rida o’limni bildim -
Judo etmog’ingga ishondim, Olloh

Kimsalar qatori bo’lsam bir kimsa,
Shayton kitobida ismim yozilsa,
Gunohlar vaznidan boshim egilsa,
Avfu etmog’ingga ishondim, Olloh

Sevmoq nasib etdi, sevilmoq – armon,
Shu baxtdan dardimga izladim darmon,
Sening amring shudir – men nima derman -
Yolg’iz Haqligingga ishondim, Olloh

Qaddimni egmoqqa qodir hech banda,
So’zlarim o’t qalar rutubat tanda,
Oh, so’zdor zabonim so’zsiz qotganda
Qodir Zotligingga ishondim, Olloh

O’tkinchi dunyoga qilmayin parvo,
Azal mangulikka suribman da’vo,
Eyvoh! Yo’qlik sari bo’lganda ravo
Abad Borligingga ishondim, Olloh

G’animat dunyo

Bu dunyo g’animat, g’animat bu jon
Har kunim g’animat, g’animat har on
Odamlar g’animat, g’animat zamon
G’animat dunyoda yonib yashaylik

G’animat har oqshom, har bir otgan tong
G’animat quvonchdan yurak urgan bong
G’animat ekan baxt zo’r taratgan dong
Hatolardan ibrat olib yashaylik

Menga siz aytgan o’sha so’zlar g’animat
Yaxshi-yomon boqqan ko’zlar g’animat
Suyukli chexralar ko’zlarga ne’mat
G’animat dunyoda yonib yashaylik

Siyratimga tushgan g’ubor g’animat
Bizni yo’qlab kelsa bahor g’animat
Axir, aytishadi diydor g’animat
G’animat diydordan qonib yashaylik

Alamga zo’r yetgan doshimiz bo’lsin
Baxt kelsa to’karga yoshimiz bo’lsin
Yolg’onga otarga toshimiz bo’lsin
G’animat yolg’ondan tonib yashaylik

Otash yuragimga muz solsa tig’lar
G’animat umrim ham o’tib behuda
Shunda abadlikka da’voyim yig’lar
Mangulik g’animat bo’lgani shu-da…

Молитва

Мою беззвучную молитву
Услышь, Всевышний, и прими:
Внуши мне сил не выграть битву,
Победы жажду отними.
Не дай мне, Боже, быть покорным
Стремленьям гордости моей,
Не дай прикрыть добром притворным
Истоки подлости моей.
Позволь скупить мой долг на ревнось -
Освободи мою любовь,
Сливай мне ночи в повседневность,
От крови очищай мне кровь.
Не угнетай желаньем сердце,
Внуши мне смелость быть собой,
И в мир души открой мне дверце,
Чтоб мог я свидеться с тобой.
Без слов прошу – любовью тише,
Вними, чтоб я спокоен был:
Позволь мне быть немного выше -
Чтоб я тебя достоин был…

Dunyo ko’zgusi

Dunyo asli dunyoday keng ko’zgu erur
Akslantirib turar fikru o’yimizni
Bellashganga mudom jangdan sado berur
Katta-kichik ko’rsatadi bo’yimizni

Hayollari samolarga talpinganning
Derazasin koinotga ochib qo’yar
Kibr bilan yerga qarab yelpinganning
Yuzlariga qumdan upa sochib qo’yar

Hayotiga irillagan jahllarni
It kunini boshga solib qiynar dunyo
O’zga baxtin ko’rolmagan bahillarni
Baxtin yarim qilib qo’yib sinar dunyo

Jon talvasa yurgan joni shirin bilan
O’ynashganda zavqlanadi ajal o’zi
Hayotini bezab olgan irim bilan
Har qadamda irim aksin ko’rar ko’zi

Bu dunyodan mehr kutgan jabrdiyda
Umri o’tar mehr berib dunyosiga
Ko’zgusida yongan husni qadrlida
Imkon bo’lmas zo’r bergani orosiga

Burch qo’lidan tutganlarga tiriklik – farz
Umrin o’lchab olar sakson-to’qson bilan
Bekam dunyo izlaganning qalbida darz
Fano ko’zgu mudom nadir nuqson bilan

Dunyo bir kun dunyolikdan tonar bo’lsa
Bu ko’zguga asirlikdan qutulamiz
Unga qadar ong mayog’i yonar bo’lsa –
Kutilamiz, tutilamiz, yutilamiz…

Naridan beri

Dunyoning ishi-la asli murosa
Kamina sizlarga aytari-deri
Kamtar deb shoshilinch qilmang xulosa
Axir, men so’ylayman naridan beri

Ergashib tanqidning hasisligiga
Demangiz bunchalar chiroyli she’ri
Aldanmang qofiya nafisligiga
Axir, men shoirman naridan beri

Shirin deb o’ylamang yegan oshimni
Unga hech singmagan peshonam teri
Narilab aytmangiz asl yoshimni
Axir, men hali yosh naridan beri

Oqil deb o’ylamang – axir, menda bor
Sizdagi aqlning yettidan biri
Johil deb o’ylamang keltirsam ozor
Axir, men bandaman naridan beri

Kamina safari changli ko’chadir
Bu yerdan ko’rinmas ko’zlagan yeri
Yo’ldoshim bo’lasiz qayergachadir
Axir, biz yo’ldamiz naridan beri….

Saqlasin

Qodirning qahridan
Zolimning zahridan
Majnunning mehridan
Afsunning sehridan
Javobsiz sevgidan
Savobsiz tepkidan
Oqilning qasdidan
Johilning shastidan
Zararsiz dushmandan
Xabarsiz pushmondan
Befoyda qudratdan
Hamsoya kudratdan
Saboqsiz nuqsondan
Sanoqsiz to’qsondan
Maqtovning sho’ridan
Niqtovning zo’ridan
Asrasin jonimni
Bor qadrdonimni
Mahkamu do’stimni
Bor kamu ko’stimni
Mo’minu dinsizni
To’kinu insizni
Baricha asrasin
Boricha asrasin…

Пророк Любви

Духовной жаждою томим
В пустыне мрачной я влачился,
И черноглазый серафим
Во всей красе ко мне явился.
Словами вещими как сон
Моей души коснулся он –
Душа открылась вдохновенью,
Как век открылся ко мгновенью.
Моих оков коснулся он,
Они рассыпались в трезвон,
И руки распростёр я вновь,
И легче закружилась кровь.
И он мне взор раскрыл мечтам –
Мной ране не любим местам,
И в грудь мне он вдохнул покой,
И дерзость быть самим собой.
Как пьяный счастьем я блуждал,
И бога глас во мне воззвал:
Восстань, глупец – люби, борись,
Не слушай разум-сатану!
Придёт сомненье – не бойись –
Надежду я не обману…