Sochmalar

Слёзы

Обязательно ли слёзы свидетельствуют о слабости характера?

Бывает человек не плачет, просто, у него нет причин. Но чаще мы не плачем, так как считаем, что плачь это последний выход. Мы плачем, когда разум уже не может найти ни объяснений и не причин или обоснований происходящему – когда сознание закрывается и на сцену выходит подсознание, обвешанное всеми страхами и обидами. Обиды, с которыми мы не справились и запихнули куда подальше, дабы забыть про них. Но, к сожалению, мы ничего не забываем – мы всё помним, только вот к некоторым “папкам” с воспоинаниями, впечатлениями и отпечатками мы теряем путь, хотя они надёжно “записаны” на наших жёстких дисках.

А плач – это состояние душевного откровения – так сказать, инвентаризация содержимого жёстких дисков. Вот поэтому мы и боимся доходить до этого состояния – мы не хотим возвращаться к “файлам”, которые нам не приятны.

Кто умеет прощать – плачет чаще от счастья и умиления, нежели от горечи. В этом и весь секрет слёз счастья…

Помни…

Помни наши дни – счастливые дни. Помни, как именно мы украсили их счастьем, как вдохнули смысл в жизни друг друга, как изменили и изменились навсегда.
Помни, как мир дивился нашей искренности и беспечности, как он не находил другого выбора, кроме как оберегать нас и восхищаться нами.
Помни мои боязливые прикосновения – как они сводили тебя с ума. Словно бабочка, долго раздумывающая перед тем, как дотронуться к лепестку, мои пальцы томились по твоим точкам обоюдного тепла. Как трепыхало твоё сердце, когда они их находили…
Помни, как летело время незаметно и сладко в моём присутствии – как мы провожали каждый миг с благодарностью и встречали следующий с восторгом. Как мы сливали наши души воедино – сплетали их вместе нитями доверия и откровения. Как мы умудрялись одновременно быть самими собой и теми, кого мы хотели видеть в друг друге…
Помни наши слова – как они исходили из души, сотрясали воздух глубиной и падали нам в души текучими нотами. Как мы не находили общий язык, совпадая при этом и мыслями и чувствами. Как мы сбивали друг друга с толку и находили смысл, опять же, в друг друге…
Помни секреты, откровения, приятия и наставления, отчаяние и надежду, веру и помыслы. Помни, чего мы хотели, но не могли – чего могли, но не хотели. Как мы шли по зову сердца и против его воли – как мы соглашались и не ладили с душой и с миром…
Помни, как мы были счастливы и не боялись в этом признаваться. Как были смелы и глупы, сильны и уязвимы…
Помни всё – ведь это стоит того, чтобы помнить и смеяться – помнить и плакать…
Я помню и буду помнить… Всегда!

Tavbam

Bir odamni qanchalik yaxshi ko’rish mumkin? Uni deb jondan kechish darajasidami? Yoki undan ham qattiqroqmi?
Bir odam deb qancha azoblanish mumkin? Muhimlik yurakni yeb bitirgunchami? Yoki undan ham ko’proqmi?
Bir odamni qanchalik qadrlash mumkin? Uni iloh darajasiga chiqarib qo’yib, so’ng uning dahlsiz ekanidan lol qolgunchami? Yoki undan ham yuqoriroqmi?
Bir odamni qancha kechirish mumkin? Uning gunohlari qolmay, gunohkor yerdan ketib qolgunichami? Yoki undan ham ko’proqmi?
Bir odamni qancha sog’inish mumkin? Sog’inch azobidan o’zingni, kimni sog’inayotganingni – umuman, sog’inch nimaligini unutib qo’ygunchami?
Bir odamni qancha kutish mumkin? Muddatsiz urushga ketgan umid qaytib kelishini kutib sochlar oqarib ketgunchami? Yoki undan ham uzoqroqmi?
Bir odamni sevishda chegaralarga qanchalik yaqin borish mumkin? Sarhadlar yuvilib, buzilib, uning qalbiga hadik solib qo’ygunchami? Yoki undan ham yaqinroqmi?
Nega yaxshi ko’ryapman?
Nega azoblanyapman?
Nega qadrlayapman?
Nega kechiryapman?
Nega kutyapman?
Nega sog’inyapman?
Nega bo’lardi – chunki busiz yashay olmayman. Men shunaqa in’om bilan yaralganman – mudom kimnidir sevib turishim, kimningdir g’amini yeyishim, kimgadir ko’nglim talpinib turishi, kimningdir ismini eshitganda suratini ko’rganda seskanib turishim kerak. Tushlarimni kimningdir siymosiga to’ldirib tashlamasam, ertalablari bu tushlar uchun Xudoga rahmatlar aytmasam, tuyg’ularim haqida yozib unga bildirib turmasam – yasholmayman. Meni shunaqa fazilatim bor.
Men seni sevaman. Bu senga dahlsiz bo’lsa-yu bo’lmasa – yuraging bunga quloq solsa-yu solmasa, baribir sevaman. Sening orzuyingni qo’yib yuborolmayman – idrokimning bo’yniga arqon tashlashim mumkin, sening hayolingni undan siqib chiqarishim mumkin. Lekin yuragimga – ruhimga gapim o’tmaydi.
Men sen bilan tushlarim, tuyg’ularimda – yuragimning har bir zarbida birgaman. Ilohim, yuragim uzoqroq urib tursin – toki men bu birgalikdan ko’proq bahramand bo’la olay.
Yuragim, meni qiynasang ham – yig’latsang ham, siqtatsang ham urib tur. Sening hukmingga na men, va na boshqasi ta’sir qila oladi. Shunday ekan, sening so’zing amalda bo’lishi uchun mendan faqat nafas olish talab etilarkan.
Bugunchalik nafasimni kesmaganing uchun shukr, Yaratgan Egam. Ertaga ham shu baxtdan rizqimni qiymagin. Muddati kelib, yo’lim oxiriga yetsa – o’zingga qaytib boraman. Sening yoningda esa menga hech kim kerak bo’lmaydi. Faqat, bundan oldin bir marta uning diydorini ko’rsatgin – yana bir marta uning ko’zlarini ko’ray, yuragini his qilay, ovozini eshitay. Shunchaki, ruhimning yarmini unga berib qo’yganman – undan shu yarmimni qaytarib olib, dargohingga butun boray…

YEAH! ДА!

Всё в этом мире имеет своё предназначение.
Так же и еда перед вами предназначена для вашего удовольствия и ваших нужд. Но мы часто забываем уделять внимание яствам на нашем столе. Мы кушаем и говорим о совершенно посторонних вещах (очень часто это бывают наши проблемы).
Так вот – когда вы едите и не уделяете внимание принимаемой пище, еда на вас обижается. В самом натуральном смысле – обижается. Ведь она проделала столь трудный путь, сколько дожидалась в упаковке, перетерпела муки приготовления – и всё ради того, чтобы угодить вам и вашим желаниям. А вы беспечно жуёте её, при этом загружая в неё не позитивную информацию, а негативные эмоции от вновь мысленно пережитых проблем.
Перед трапезой поблагодарите пищу – это уже пробудит в ней симпатию к вам. А во время еды думайте и говорите только о хорошем – дабы пища впитывала в себя созидательную волну ваших мыслей. Говорите комплементы в её адрес вроде «Как вкусно пахнет!» или «Какая вкуснятина!» – и еда аж с тарелки будет готова слететь от радости и лести и, попав к вам в организм, будет служить для его очищения, роста и развития.
Не верите? Думаете, глупо с едой разговаривать? Значит, ваша собственная важность перекрыла все пути к чуду в вашей жизни.
Приятного аппетита!
это я не вам – а вашей еде :)

Tanlanmagan yo’l

Hayol juda ajoyib narsa-da…

Mana u yurakning aldovlariga ishonib, bir-biridan yoqimli manzaralarni ko’z o’ngimga chizib qo’yyapti.

Ikki sevishgan – ikkisi ham oddiy odamlar. Ammo ularning bir buyukligi bor – ular o’z buyukligini bilmay yashaydi. Ikkisining o’rtasida faqat samimiy va shartsiz sevgi bor. Ular bir-birini hech kimdan qizg’onmaydi, bir-biridan hech narsa kutmaydi va umidvor bo’lmaydi. Biri boshqasi istagan narsani joniga qo’shib berishga tayyor – ammo unisi bunisidan jon ham, sevgi ham talab etmaydi. Ular shunchaki sevishadi – dunyoda faqat sevgi shunchaki bo’lishi mumkin.

Butun dunyo shartlar asosida yashaydi go’yo – odamlar shart maylini juda ko’p ishlatadilar. Ular Sabab va natija qonunini shu darajada sayoz anglab yetishadiki, uni ham shartlilik asosida izohlashadi va o’z talablariga javob bergandagina qabul qilishadi.

Bu ikkisiga esa – hamma narsa bari bir, barchasi teng ahamyatli. Ular yig’lash uchun dard kelishini shart qilib qo’ymaydilar, kulishning sharti baxt demaydilar. Ular dunyoga va bir-birlariga shart yuklamay yashashadi – ularning buyukligi ana shunda.

Ikkisi dunyosini siylab yashaydi – dunyo esa ularga yuz chandon kuchli mehr bilan javob qaytaradi. Dunyo o’zida to’lib toshayotgan soxta shartlar dengizi o’rtasida bu ikkisidek samimiyat orollari borligidan mamnun. Dunyo ikkisidan rozi.

Mana ikkisi qo’l ushlashib borayapti – shunday yurish bilan o’z mehrini ifoda etish uchun emas, ko’ngli shuni istagani uchun. Ular tuyg’usidagi samimiyatni ko’ra turib, biror kimni ularga yomon ko’zda qarab, ularning baxtiga ko’z tegishiga dunyo yo’l qo’yib berishga uyaladi. Chunki dunyo o’z go’zalligini shu ikkisi timsolida ko’rishni yoqtiradi – dunyo ikkisidan rozi.

Mana ikkisi baxtga to’la hayot so’nggiga yetib kelishdi. Dunyo ularni baxt va ilinish bilan o’zga dunyo qaramog’iga topshiradi – o’zi sevgan farzandlarini o’zi sevgan yo’ldoshiga ishonadi. Bu dunyo u dunyoni samimiy sevgani uchun o’z mehriga belab qo’ygan ikki qalbni unga hech bir achinish va hadiksiz ishonadi. U ikkisi endi u dunyo mehr-muruvvatidan bahramand bo’lishga loyiq. Dunyo esa ikkisidan rozi.

Hayol ajoyib narsa-da…

Oy va Yer ertagi

Qadim zamonda Oy Yerga oshiq ekan. U tinmay Yer atrofida parvona bo’lib aylanar, unga tinimsiz yurak dardlarini yetkazishga harakat qilar ekan. Lekin toshbag’ir Yer Mirrix-u Zuhrolar oldida juda ko’rimsiz tuyulgan Oyga sira e’tibor qilmas, undan hatto shirin so’zini ham ayar ekan.

Kunlardan bir kun Oy taqdirga tan berib, bu tengsiz azobli va sarobli sevgisidan voz kechishga ahd qilibdi. U jondan aziz sevgilisi Yer vaslidan kechib, samo bo’ylab sayohatga chiqibdi. Yo’l yurib, yo’l yurib nihoyat Malika Quyosh saltanati sarhadlariga yetib kelibdi. Shunda uning yo’lidan kuygan yuzlari qoraygan bir sayyoh chiqibdi.

– Kimsan, ey darvesh? – deb so’rabdi undan Oy.

– Ismim Nuqrabo (Merkuriy). Men shu sarhadlarning abadiy qo’riqchisiman, – deb javob beribdi sayyoh.

– Nechun bu kimsasiz makonlarda kezib yuribsan? – yana so’rabdi Oy.

– Men uzoq o’lkaning shahzodasiman. Bu yerga Quyosh Malikaga g’oyibona oshiq bo’lib kelganman. Biroq Malika meni bilishni ham, hatto bir so’z deyishni ham istamadi. Ammo men uni shunchalar kuchli sevamanki, men uning saltanati sarhadlarini qo’riqlab yurishga-da roziman. Chunki bu yerda men hech bo’lmaganda uning qaynoq taftidan bahra olishim mumkin.

Nuqraboning so’zlari Oy qalbini larzaga solibdi – uning muhabbati qalbida yangicha kuch bilan alanga olibdi. U qiyossiz mahbubi vaslidan shunchalik oson kechganidan pushaymon yeb, o’zini yana Yer tomon uribdi.

Biroq ortga qaytib Yerni taniy olmabdi – Oy ketganidan so’ng Yer g’amga botgan, daryo-daryo ko’z yosh to’kkan, uning ashklaridan yuzida ummonlar yaralgan edi. Bundan uning chiroyi ming chandon ortib, Oyni avvalgidan kuchliroq o’ziga mahliyo qilib qo’yibdi.

Ammo Oy uzoq safar davomida Malika Quyosh sarhadiga yaqin kelib, oshiq Nuqrabo bilan dardlashganda Quyoshning otashi uning yuziga dog’ solib ulgurgandi. Bundan Oy chuqur qayg’uga tolibdi – yuzidagi dog’ uning husnini buzib turardi.

Yer huzuriga qaytib, Oy unga yana dil izhorlarini to’kib solibdi. Biroq endi u Yerga chappas urib parvona bo’la olmas edi – Oy kuygan yuzini yashirishga harakat qilardi.

Shundan buyon Oy Yer atrofida unga faqat bir yoqlama boqib aylanar ekan…