O'zlik Sari Yetti Qadam

Shaxsiy rivojlanishga bag'ishlangan "O'zlik Sari Yetti Qadam" turkumidagi ilk kitob. Unda eng asosiy tushunchalar bayon qilingan. Kuchli shaxsiyat egasi bo'lishni ko'zlagan bo'lsangiz - bu kitob aynan siz uchun.

O'zlik Sari Yetti Qadam - 2

"O'zlik Sari Yetti Qadam" turkumidagi ikkinchi kitob - birinchisining mantiqiy davomi. Unda kuchli shaxsiyatni shakllantirish uchun yana ham kengroq va batafsilroq tushunchalar nisbiy haqiqatlar asosida bayon etilgan.

O'zlik Sari Yetti Qadam - 3

"O'zlik Sari Yetti Qadam" turkumidagi uchinchi kitob - avvalgi ikki kitobda bayon etilgan bilimlar davomi. Unda odam o'z maqsadlariga intilishda yo'l qo'yadigan xatolari va ularni chetlab o'tish haqida bayon qilingan.

Kitobxonlar maktubidan

  • Assalomu alaykum, akaxon, ishlaringizga omad ijodingizga muvafaqiyat tilayman. Men maslaxat.uz sayti orqali maqolalaringizni o'qib boraman. Bu saytda kitob to'liq holda borligini ko'rib juda xursand bo'ldim.

    Sirojiddon Qodirov
  • Salom! Sizni kitoblarizni internet orqali o'qidim, menga juda yoqdi, anchadan beri qiynayotgan savollarimga javob topdim.

    Noyil Turdaliyev
  • Sizni kitoblaringiz hayotimda katta ahamiyat kasb etadi, har safar ularni o'qiganimda yangi-yangi ma'no olaman. Kitobni o'qib beihtiyor ko'nglim taskin topadi, o'ylanayotgan savollarimga javob topgandek bo'laman. Sizga katta rahmat, bu ezgu ishingiz o'ylaymanki ko'pchilikning hayotiga ijobiy hissa qo'shyapti.

    Xurshida Mahmudova
  • Uchinchi kitob haiqda eshitib juda sevindim. Yozganlaringizni qiziqib zo’r e’tibor bilan o’qiyman. Rosa ma’qul. Qoyil qolsih kerak. Mehnatingiz samarasidan men kabi juda ko’pchilik foydalanyapti. Katta rahmat!

    Akmal Avaz

Kamina safari changli ko'chadir
Bu yerdan ko'rinmas ko'zlagan yeri

Dilpora

Hamrohim bo'lasiz qayergachadir
Axir biz yo'ldamiz naridan beri


Saytga homiylik qiling

Obuna bo'ling

Dilpora.com saytining tarqatma xatlarga obuna bo'ling